De Bur – van Deyk haqida: «U mening rejalarimga kirmayapti»

Niderlandiya termasi bosh murabbiyi Frank de Bur himoyachi Virjil van Deykning milliy jamoa tarkibiga qaytarilishi mumkinligi haqida gapirdi.

«Termaga qaytishi uchun unda atigi 8 hafta qoldi. Bu muddat etarlimi, bilmayman.

U bilan gaplashib ko’rdim, maydonda shug’ullanishni boshlabdi. Biroq holat og’irlashib ketishi mumkin. Virjil ushbu mavsumda boshqa o’yinlarda qatnashmasligi aniq. SHu boisdan u etiborini kelasi mavsumga qaratishi kerak.

U to’g’ri yo’lda ekanligidan xursandman. Barchasi uning xohish istaklariga bog’liq.

U qaysi jamoa tarkibida o’ynashidan qati nazar, hozirda mening rejalarimda emas. Agarda jarohatidan forig’ bo’lsa, juda yaxshi ish bo’lardi. Biroq unga bosim berishni istamayman. Barchasi uning o’ziga bog’liq», – dedi de Bur.

Fikr bildirish

© 2015 - 2021 sportx.uz