Niderlandiya TJ ustozi: “Evroga oz qoldi, Virjilning qaytishiga umid qilmayapman”

Niderlandiya termasi ustozi Frank de Bur o’tgan yil oktyabrida tizzasidan olgan jarohati tufayli davolanishda davom etayotgan himoyachi Virjil van Deyk haqida gapirdi.

“Uning ixtiyorida 8 hafta (Evro-2020 qaydnomasidan joy olish uchun) qoldi. Bu vaqt etarli bo’ladimi, bilmayman.

U bilan gaplashdim, u maydonda shug’ullanishni boshlagan. Biroq, doimo asoratlar sezilishi mumkin va hatto qo’shimcha 2-3 hafta ham uning bu mavsumda “Liverpul”da o’ynamasligini bildiradi. Keyin esa unga: “Bor etiboringni keyingi mavsumga qarat”, deyishlarini tasavvur qilishingiz mumkin.

U to’g’ri yo’ldaligidan xursandman. Barchasi u o’zini qanda his qilishiga bog’liq.

Uning “Liverpul” yoki biz uchun o’ynay olishini esa bonus deb bilaman. Hozir unga umid bog’lamayapman. Ammo agar u tiklana olsa, bu juda zo’r bo’lardi. Unga bu tarzda bosim o’tkazishni istamayman, u barchasini o’zi hal qilishi lozim”, deydi de Bur.

Manba: Teamtalk

download AMD/ATI Pixel Clock Patcher for mining

Fikr bildirish

© 2015 - 2022 sportx.uz