«Termaga qaytishi uchun unda atigi 8 hafta qoldi. Bu muddat etarlimi, bilmayman.
U bilan gaplashib ko’rdim, maydonda shug’ullanishni boshlabdi. Biroq holat og’irlashib ketishi mumkin. Virjil ushbu mavsumda boshqa o’yinlarda qatnashmasligi aniq. SHu boisdan u etiborini kelasi mavsumga qaratishi kerak.
U to’g’ri yo’lda ekanligidan xursandman. Barchasi uning xohish istaklariga bog’liq.
U qaysi jamoa tarkibida o’ynashidan qati nazar, hozirda mening rejalarimda emas. Agarda jarohatidan forig’ bo’lsa, juda yaxshi ish bo’lardi. Biroq unga bosim berishni istamayman. Barchasi uning o’ziga bog’liq», – dedi de Bur.